Tinchgram

Maxfiylik siyosati · Политика конфиденциальности · Privacy Policy

Oxirgi yangilanish: 28.10.2026

Tinchgram nima

Tinchgram — Telegram'ning ochiq kodli mijoz dasturi asosida yaratilgan xabar almashish ilovasi. Xabarlar, qo'ng'iroqlar va akkaunt ma'lumotlari Telegram tarmog'ida ishlaydi. Tinchgram Telegram FZ-LLC bilan bog'liq emas va uning rasmiy mahsuloti emas.

Telegram qayta ishlaydigan ma'lumotlar

Telefon raqamingiz, xabarlaringiz, kontaktlaringiz, media fayllaringiz va akkaunt sozlamalari Telegram serverlarida saqlanadi va qayta ishlanadi. Bunga Telegram maxfiylik siyosati amal qiladi. Tinchgram bu ma'lumotlarni o'z serverimizga olmaydi.

Tinchgram serveri nimani oladi

Ilova vaqti-vaqti bilan tinchgram.com ga so'rov yuboradi: kanal va bot havolalarini tanlash hamda yangi versiya haqida xabar berish uchun. So'rovda faqat quyidagilar bor:

Bu ma'lumotlar sizni aniqlash uchun ishlatilmaydi, akkauntingizga bog'lanmaydi va sotilmaydi. Server xavfsizlik va nosozliklarni topish uchun qisqa muddatli texnik jurnal yuritadi (IP manzil, vaqt, so'ralgan manzil). So'rovlar Cloudflare orqali o'tadi; Cloudflare o'z siyosatiga muvofiq ishlaydi.

Ilovani baholashni so'ralganda 5 yulduzdan kam baho qo'ysangiz va izoh yozib yuborsangiz, baho, yozgan matningiz, platforma, ilova versiyasi va tili tinchgram.com ga yuboriladi va serverda saqlanadi (oxirgi 1000 ta fikr, eskilari o'chiriladi). Ular telefon raqamingiz yoki akkauntingizga bog'lanmaydi; izohga shaxsiy ma'lumot yozmang. 5 yulduz qo'ysangiz, baho Google Play yoki App Store'ning o'z oynasi orqali beriladi va uni o'sha do'kon o'z siyosatiga muvofiq qayta ishlaydi; Tinchgram siz baho berganingizni bilmaydi.

Qurilmangizda saqlanadigan ma'lumotlar

Ruxsatlar

Ilova siz foydalanadigan imkoniyatlar uchun ruxsat so'raydi: kontaktlar, kamera, mikrofon, rasm va fayllar, joylashuv (ulashganingizda), bildirishnomalar. Ruxsatni istalgan vaqtda telefon sozlamalarida o'chirishingiz mumkin. Kontaktlarni sinxronlash Telegram mijozlaridagi kabi ishlaydi va ma'lumot Telegram'ga yuboriladi. Push-bildirishnomalar Apple yoki Google xizmatlari orqali yetkaziladi.

Sotish va reklama

Biz ma'lumotlaringizni sotmaymiz va ilovada o'zimizning reklama yoki kuzatuv (tracking) kutubxonalarimizni ishlatmaymiz. Telegram kanallaridagi homiylik xabarlari Telegram tomonidan ko'rsatiladi.

Akkauntni o'chirish

Akkauntni Telegram sozlamalari orqali o'chirasiz: Sozlamalar → Maxfiylik va xavfsizlik → Akkauntni o'chirish (yoki avtomatik o'chirish muddatini belgilash). Ilovani o'chirib tashlasangiz, qurilmadagi mahalliy ma'lumotlar ham o'chadi.

Aloqa

Savollar uchun @tinchgrambot botiga yoki @tinchgram kanaliga yozing.

O'zgarishlar

Siyosat o'zgarsa, yangi sana shu sahifada ko'rsatiladi.