Tinchgram

Telegram. Lekin boshqaruv sizda.

Tinchgram Telegram tarmog'ida ishlaydi: hisobingiz, chatlaringiz va kontaktlaringiz o'sha-o'sha. Farqi shundaki, kim nimani ko'rishini o'zingiz hal qilasiz.

Kirish uchun Telegram raqamingiz yetarli, yangi akkaunt kerak emas.

Telegram'da bo'lmagan imkoniyatlar

Ghost rejimi
Onlayn holatingiz, o'qilgan belgisi va «yozmoqda» ko'rinmaydi. Xabarni o'qiysiz, suhbatdosh bilmaydi.
O'chirilgan xabar qoladi
Kimdir xabarini o'chirsa, u chatda «o'chirilgan» belgisi bilan turadi.
Tahrir tarixi
Xabar o'zgartirilgan bo'lsa, oldingi matnlarini ochib ko'rasiz.
Chat qulfi
Muhim chatlar barmoq izi, yuz yoki telefon paroli bilan ochiladi. Ro'yxatda xabar matni ko'rinmaydi.
Cheksiz mahkamlash
Telegram cheklovidan ortiq chatni ro'yxat tepasiga qo'ying. Bu faqat sizning qurilmangizda ko'rinadi.
Tungi jim rejim
Kechasi 22:00 dan 07:00 gacha yuborgan xabaringiz suhbatdoshga ovozsiz boradi.
Toza ro'yxat
Papkalar va hikoyalar panelini yashiring. Admin bo'lgan guruh va kanallaringiz bitta papkada turadi.
Imzo va tasdiq
Har xabar oxiriga o'z imzongizni qo'shing. Ovozli xabar, stiker va GIF yuborishdan oldin tasdiq so'raladi.

Android'da hammasi bor. iPhone va Mac'ga imkoniyatlar bosqichma-bosqich qo'shilmoqda.

Ma'lumotlaringiz qayerda?

Xabarlar, kontaktlar va akkaunt Telegram serverlarida qoladi. Bizning serverga faqat davlat kodi, platforma va versiya yetib boradi, telefon raqamingiz emas.

Maxfiylik siyosati